[readimg]https://www.fcbarcelona.com/photo-resources/2019/11/25/d22a326d-fa36-4884-b048-f40e35c7de49/mini_Griezmann-celebracio.jpg?width=1200&height=750[/readimg] [b]"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann La Liganing 18-turida "Alaves" ustidan qozonilgan g'alabadan (4-1) so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Biz o'yinda tezroq gol urishni xohladik, buni o'yin ritmini his qilish uchun tezda bajarishimiz kerak ekanligini bilardik. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, endi dam olish vaqti. Ikki kun oldin o'gir o'yin o'tkazgan edik, shuning uchun ayrim futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. Messi dunyodagi eng yaxshisi. Bizda ajoyib jamoa va eng yaxshi o'yinchi bor. Jamoani oldinga boshlash kerak bo'lgan vaqtda, Messi paydo bo'ladi. "Barselona" xali o'zining maksimal darajasiga chiqmadi. Biz xali mavsum davomida o'z ustimizda ishlab yana qo'sha olishimizga ishonaman. Ta'tilimiz boshlanganidan juda xursandman - dedi Griezmann. Shanba oqshomida Kamp Nouda "Alaves"ga qarshi kechgan bahsda jamoa Grizmann, Vidal, Messi va Suarez urgan gollari evaziga raqibni yirik xisobda mag'lubiyatga uchratdi.[/b]