«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes hech qachon «Real» safida o'ynamasligini qat'iy ta'kidladi.

Xorijiy OAV futbolchi ishtirokidagi blits-intervyudan parcha keltirmoqda:

— Qaysi klubda hech qachon o'ynamagan bo'larding? — «Real»da. — «Real»ning qaysi futbolchisi bilan birga o'ynashni xohlarding? — Hech kim bilan. — «Real»ning hozirgi futbolchilaridan birortasiga qoyil qolasanmi? — Yo'q.

«Barselona» ayni damda Ispaniyaning amaldagi chempioni va La Liga peshqadami bo'lib turibdi. «Real» esa kataloniyaliklardan to'rt ochko kam jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Fermin Lopes 2025/2026 yilgi mavsumda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va sheriklariga 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.