
Madridning «Real» hujumchisi Kilian Mbappe jamoa mashg'ulotlariga qaytdi va Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida «Bavariya»ga qarshi o'ynashga tayyor. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.Avvalroq Mbappe «Jirona»ga qarshi (1:1) o'yinda olgan jarohati — qosh qismidagi yirtilish sabab mashg'ulotlarda ishtirok etmayotgani xabar qilingan edi.Ushbu epizod 88-daqiqada yuz bergan: Mbappe darvoza oldiga harakatlanayotganda himoyachi Reys bilan to'qnashgan va yiqilgan. Oyoqdagi kontaktdan tashqari, raqib futbolchi uning yuziga ham tirsagi bilan zarba bergan edi.
Fikrlar 0