[readimg]https://stadion.uz/images/news/roni45.jpg[/readimg] Kataloniyaning “Barselona” va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldino Madridning “Real” klubida o'ynayotgan vatandoshi Vinisius Junior haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi. «U hozir dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynamoqda. O'ylaymanki, yaqin vaqtlar oralig'ida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi», — Ronaldinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AFP. Joriy mavsum Vinisius uchun omadsiz boshlandi. Sababi, jamoaga Zidan qaytganidan keyin uni zahira o'rindig'iga o'tkazib qo'ydi. Zidan odatda Garet Beyl yoki Eden Azarga ishonch bildirmoqda.