[readimg]https://championat.asia/upload/storage/535632_680.jpg[/readimg] [b]Argentinalik futbolchi jamoa safida Kimmixni ko'rishni xohlamoqda. "El Desmarque" nashri xabariga ko'ra, " Barselona" sardori Lionel Messijamoa rahbariyatidan Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Joshua Kimmixni xarid qilishni so'ragan. Messida germaniyalik futbolchining o'yini va universalligi katta taassurot qoldirgan. Eslatib o'tamiz, " Barselona" Nelson Semeduni sotishga tayyor. Portugaliyalik futbolchining sotuvidan tushgan pul Kimmixning transferiga sarflanadi.[/b]