Bunga esa bir muhim sabab bor edi.

Xaver Tebas Ispaniya La Ligasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi.

Bu galgi saylovlarda 57 yoshli Tebasga raqobatchilar bo'lmadi. Endi u La Ligani kelasi 4 yil davomida boshqaradi.

Avvalroq Tebas yangi muddatga saylanish uchun La Liga prezidentligidan istefoga chiqqandi.

Malumot uchun, La Liga futbol bo'yicha Primera hamda Segunda musobaqalarini o'tkazadi.