[readimg]https://stadion.uz/images/news/messi-ronaldu-qollar-tepaga.jpg[/readimg] [b]"Forbes" jurnali so'nggi 10 yilning (2010-2019) eng ko'p daromad olgan sportchilari reytingini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatni bokschi Floyd Meyvezer boshqardi. Uning bu davrdagi daromadi 915 mln dollarni tashkil qildi. Ikkinchi o'rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi — 800 mln dollar. Uchinchi o'rinni «Barselona» sardori Lionel Messi band etdi — 750 mln dollar. Reytingni hisoblashda sportchilarning maoshi, sovrinlari, mukofot pullar, bonuslari va qiyofa huquqi orqali topgan daromadlari inobatga olindi. Reyting. Top-10 1. Floyd Meyvezer (boks) – 915 mln 2. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 800 mln 3. Lionel Messi (futbol) – 750 mln 4. Lebron Jeyms (basketbol) – 680 mln 5. Rodjer Federer (tennis) – 640 mln 6. Tayger Vuds (golf) – 615 mln 7. Fil Mikelson (golf) – 480 mln 8. Menni Pakyao (boks) – 435 mln 9. Kevin Dyurent (basketbol) – 425 mln 10. Lyuis Xemilton («Formula-1») – 400 mln dollar[/b]