
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «qaymoqranglilar» va «Barselona» o'rtasidagi asosiy farq haqida o'z fikrini bildirdi.— «Barselona» futbol tarixiga ulkan ta'sir ko'rsatgan klub. Biroq «Real» butun dunyo uchun namuna hisoblanadi. «Barselona» muxlislaridan tashqari deyarli barcha uchun «Real» eng yirik klub ekani aniq, — dedi Mbappe Sorare'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.Frantsiyalik hujumchi 2024 yil yozida «Real» safiga qo'shilgan edi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 86 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar 0