
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Jamal Musiala kelajakda "Barselona" safiga o'tishni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar tarqatdi.Manba ma'lumotiga ko'ra, Germaniya terma jamoasi a'zosining uzoq muddatli maqsadi va orzusi — Kataloniya klubida to'p surish hisoblanadi. Agar «ko'k-anorranglilar» tomonidan rasmiy taklif tushsa, futbolchi bunday transferni ko'rib chiqishga tayyor.2025/26 yilgi mavsumda Musiala «Bavariya» safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.Futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar 0