
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike Alvaro Arbeloaning «Real»da qolishini xohlaganini ma'lum qildi.
Arbeloa Xabi Alonso iste'foga chiqarilgach, yanvar oyida «Real» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Mavsum yakunlanganidan keyin uning o'rnini Joze Mourino egalladi.
«Menimcha, Mourino shou ko'rsatish uchun yaxshi nomzod, chunki endi futbol haqidagi gaplar yanada kamayadi.
Mavsum davomida men «Real»ga biroz ko'proq narsa tilagandim — sovrinlar emas, balki sal yaxshiroq o'ynashlarini. Chunki men Alvaro Arbeloaning qolishini istagandim. Menimcha, u hammani rosa xursand qildi», — dedi Pike.
Fikrlar 0