
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Gollandiya termasidagi jamoadoshi Matteys de Ligtning "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishiga umid qildi.«De Ligt kelajakda «Barselona»ga o'tishi mumkin. Uning Italiyada o'ynayotgani bir necha yildan kelgan «Barsa»ga o'tishiga to'sqinlik qilmaydi. De Ligt to'g'ri qarr qabul qildi — uning Turindagi ishlari yaxshi», — dedi de Yong "De Telegraaf" nashriga bergan intervyusida.Shuningdek, yarim himoyachi o'zining kataloniyaliklar safidagi moslashuv jarayoni haqida gapirdi.«Adaptatsiya haqida ikki og'iz: deyarli ideal. Ushbu yil ajoyib o'tmoqda. Yarim yillik faoliyatim davomida o'yin amaliyotimdan qoniqish hosil qilyapman. Yarim himoyadagi o'yinimdan har kuni zavqlanyapman».
Fikrlar 0