Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann hamyurti Xans-Diter Flikning Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyatiga baho berdi.

«Germaniya har doim yaxshi murabbiylari bilan mashhur bo'lgan. Flikning «Barselona»dagi ishiga keladigan bo'lsak, hammasi ko'ngildagidek ketmoqda. Chempionlar ligasida ularga biroz omad etishmadi. Ammo jamoa Ispaniyada chempionlik unvonini himoya qila oldi. Kataloniyaliklar kuchli mavsumni o'tkazishdi», - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Sport.es.

61 yoshli mutaxassis 2024 yilning yozidan buyon «Barselona» bosh murabbiyi lavozimini egallab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.