30 yoshli daniyalik himoyachi Andreas Kristensen «Barselona» bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqdagi ma'lumotni Mundo Deportivo nashri bo'lishmoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Biroq shartnomada maxsus band qayd etiladi — agar tomonlardan biri qoniqmasa, bir yildan so'ng kelishuvni bekor qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Saudiya Arabistoni, Angliya Premer-ligasi va Bundesligadan yanada foydali takliflar olganiga qaramay, Kristensen «Barselona»da qolishga qaror qildi.

Kristensen 2022 yildan beri «ko'k-anorranglilar» safida to'p suradi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 18 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.