
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya olgan jarohati tufayli ushbu jahon chempionatida boshqa maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqda futbol insayderi Xavi Ernandes Navarro yozmoqda.
Gaitiga qarshi o'yinda (3:0) Rafinya tizza osti paylarini shikastlab oldi va uchrashuvni davom ettira olmadi. U birinchi bo'lim oxirida almashtirildi. Navarroning ta'kidlashicha, Rafinyada bu avval olgan jarohatning qaytalanishidir. Uning mundialda jamoaning qolgan o'yinlarida ishtirok etishi deyarli imkonsiz.
Braziliya ikki turdan so'ng 4 ochko bilan C guruhida etakchilik qilmoqda. 25 iyun kuni Karlo Anchelotti jamoasi guruh bosqichidagi so'nggi o'yinni Shotlandiyaga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar 0