Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p tepayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Fermin Lopes faoliyatini Yevropaning boshqa bir top-klubida davom ettirish variantiga ega. Bu haqda «El Nacional» jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishni UYEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – Fransiyaning «PSJ» klubi xohlamoqda. Parijliklar Fermin bilan joriy transfer oynasida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

23 yoshli yarim himoyachi 2023 yilning yozidan buyon «ko‘k-anorranglilar» safida harakat qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2031 yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. «Transfermarkt» portali ekspertlari Lopesning bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz