«Barselona» shu yozda himoyachi Joau Kanselu bilan shartnoma imzolashni amalga oshirishga umid qilmoqda.

Portugaliyalik futbolchi hamon «Al-Hilol» bilan keyingi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega. «Ko‘k-anorranglilar» muvaffaqiyatli yarim yillik ijaradan so‘ng Kanselu bilan hamkorlikni davom ettirishdan umidvor, futbolchining o‘zi ham Kataloniyada qolishga qaror qilgan. «Mundo Deportivo» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh o‘z mijozining «Barselona»ga o‘tishi ustida faol ishlamoqda. Klublar hali kelishuv formati borasida kelishib olishlari kerak – bu masalada hozircha aniqlikdan yiroq.

Seshanba kuni Joau Kanselu Portugaliya terma jamoasiga JCH-2026 doirasida O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabada (5:0) yordam berdi va o‘z hisobiga golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz