«Barselona» vingeri Lamin Yamal Lionel Messi kabi uzoq yillar yuqori darajada o‘ynay olish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

— O‘zingizni Messi kabi 40 yoshgacha futbol o‘ynayotgan holatda tasavvur qila olasizmi?
— Buni tasavvur qilish qiyin. Balki hali ham futbol o‘ynayotgan bo‘larman, ammo shunday yuqori darajada harakat qilish juda murakkab. Buning uchun ulkan motivasiya va kuchli istak kerak. Men uchun Messi — eng yaxshi futbolchi. U buni hali ham isbotlab kelmoqda. Hozir ham u boshqalardan ustun ekanini ko‘rsatyapti, — dedi Yamal.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal va Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida allaqachon o‘z hisoblariga gol yozdirishga muvaffaq bo‘lishgan. Argentinalik yulduz Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, ispaniyalik futbolchi Saudiya Arabistoni darvozasiga bitta gol urgan.

Manba: Stadion.uz