«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares yozgi transferlar oynasida klubini almashtirish niyatida va u faoliyatini davom ettirish uchun faqat «Barselona» variantini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchi boshqa takliflarga qiziqish bildirmayapti.
— Xulianning Angliyaga qaytish niyati yo‘q. Shuningdek, u «PSJ»ga ham o‘tishni istamaydi — uning yagona xohishi «Barselona»ga o‘tish. Kataloniya klubi uni transfer qilish uchun harakat boshlaydi. Endi ular 130-140 million yevro atrofidagi mablag‘ni taklif qila oladimi, shuni ko‘rish kerak. Menimcha, «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasida yana muzokaralar bo‘ladi.
Shuningdek, futbolchining «Atletiko»da qolib ketishi ehtimoli ham juda past. Xulian va jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘rtasida munosabatlar yaxshi emas, — deb yozdi Moretto X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq ham Alvaresning «Barselona» qiziqishlari doirasida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar transfer amalga oshsa, u kataloniyaliklar uchun so‘nggi yillardagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0