[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/n5/UkW7q3YRrQBnVT3i83MfjWWad2CB3z_normal.jpg[/readimg] Ispaniyada mashhur futbolchilarning uylarini o‘marish bilan shug‘ullangan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi. Marca xabariga ko‘ra, Madrid va Toledo shaharlarida politsiya tomonidan o‘tkazilgan amaliyotlar natijasida jinoiy to‘da a’zolari ushlangan. Ular orasida avval ham jinoyat sodir qilgan shaxslar bo‘lgan. Qayd qilinishicha, guruh a’zolari «Real» va «Atletiko» klublarining mashhur futbolchilari, xususan Kazemiro, Isko va Alvaro Morata, shuningdek bosh murabbiy Zinedin Zidan uyini o‘marishgan. «Matraschilar» yarimhimoyachisi Tomas Partining uyiga esa bir haftada ikki marta o‘g‘rilikka tushishga harakat qilishgan. Avvalroq, o‘g‘rilardan Jordi Alba, Kevin-Prins Boateng, Gabriel Paulista, Lukas Vaskes, Esekel Garay, Xoakin, Rafael Varan va Vilyam Karvalo ham zarar ko‘rgan edilar. Qo‘lga olingan jinoiy guruh a’zolarining bu o‘g‘riliklarga aloqasi bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.