[b]"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann "Atletiko"dan sovrinlar sababli ketmaganini aytdi. "Sovrinlar yutish yoki ECHLda g'alabaga erishish uchun "Atletiko"dan ketmadim. Yangi o'yin uslublari va personal darajani oshirish uchun ham " Barselona"ga o'tdim. "Atletiko" ham LaLiga yoki ECHLni yutishga qodir jamoa. Ularning murabbiyi va jamoasi bor va ular bunday vazifani uddalay olishadi", -dedi Grizmann. " Barselona" tarkibida Grizmann 23 o'yinda 8 gol urdi va 4 golga assist bo'ldi.[/b]