"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter"ga o'tishga tayyor.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, chililik futbolchi "Inter" bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishgan.

Endilikda "Inter" "Barselona" bilan transfer shartlari borasida kelishib olishi kerak.

Oldinroq, milanliklar futbolchi uchun 12 million evro taklif qilgan edi, "Barsa" esa Vidalni 20 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.