[readimg]https://www.sport.fr/wp-content/uploads/2019/11/Icon_SR_191015_114-1024x683.jpg[/readimg] [b]«Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitich Kataloniya klubini tark etmoqchi emasligini aytdi. «Eng muhim savol – «Barselona»da o‘ynay olamanmi yoki yo‘qmi. Agar imkon bo‘lsa, «Barselona» – men uchun eng yaxshi joy. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Men deyarli 5,5 yildan beri shu yerdaman. Barselonada hayotimdagi eng muhim kunlarni o‘tkazdim, ammo eng yaxshilari hali oldinda, deb umid qilaman. Butun e’tiborim «Barsa»ga qaratilgan. Albatta, futbolda hamma narsaga tayyor bo‘lish kerak, ammo mening maqsadim – shu yerda qolish. Men ushbu jamoada o‘ynayotganimdan juda xursandman va bundan g‘ururlanaman», – deb Rakitichning so‘zlarini keltiradi Sportskie Novosti. 31 yoshli xorvatiyalik yarimhimoyachi 2014 yil iyulidan beri «Barselona»da o‘ynaydi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Ivan bu mavsumda La Ligada 12ta o‘yin o‘tkazib, 2ta golga assistentlik qildi.[/b]