[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-536380_original.jpg[/readimg] [b]"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen Kataloniya klubidan ketishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga bir yo'la Evropaning 3ta top-klubi qiziqish bildirmoqda. 27 yoshli darvozabonga qiziqayotganlar orasida PSJ, "Yuventus" va "Bavariya" klublari bor. Ter SHtegenning " Barselona" tuzgan shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga etadi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, germaniyalik posbonning narxi 90 million evroga teng. Ter SHtegen darvozabonlar ichida faqatgina "Atletiko" darvozaboni Yan Oblak (100 million evro)dan arzonroqdir.[/b]