
«Barselona» klubi rahbariyati darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda.Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 27 yoshli posbonning shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirib qo'ymoqchi. Germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.Ter Shtegen 2014 yildan beri «Barsa» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda u 23ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol o'tkazib yubordi.So'nggi tarqatilgan ma'lumotlarga qaraganda, posbonga «Bavariya», «Yuventus» va «PSJ» klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar 0