Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Suares shartnomani uzaytirish haqida: Muzokaralar vaqti kelganda, albatta, kelishib olamiz
[b]"Barselona" hujumchisi Luis Suares jamoa bilan shartnomani uzaytirishga tayyorligini bildirdi.
"Men bu jamoada ekanligimidan xursandman. Men doim bor kuchimni berib keldim. Statistikalar, raqamlar mening o'yinlarim hali ham yuqori cho'qqida ekanligidan dalolat beradi. Muzokaralar vaqti kelganda, albatta, kelishib olamiz", – deb urugvaylik hujumchining so'zlarini keltiradi Sports.
Suaresning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. 32 yoshli futbolchi bu mavsumda La Ligada 16ta o'yin o'tkazib, 10ta gol urdi.[/b]
UB
Fikrlar 0