[b][Sport] | "Barça" Braziliya terma jamoasi a'zolari Rodrigo Kayo va Everton Soareslarga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar "Flamengo" himoyachisi Rodrigo Kayo va "Gremio" hujumchisi Evertonning o'yinini Libertadores Kubogi 1/2 final bahsida kuzatib borishgan. 26 yoshli Rodrigo Kayo yanvar oyidayoq "Barcelona"ga kelib qo'shilishi mumkin.Sababi u o'tgan mavsum "San Paulo"ga tegishli bo'lgan paytidayoq Kataloniyada tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan.Ushbu mavsumda Rodrigo Kayo Braziliya chempionatida jami 19 ta o'yinda 1 ta gol urgan.23 yoshli Everton esa 20 ta o'yinda 8 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.[/b]