[readimg]https://pbs.twimg.com/media/EE6bfsQW4AAiq-K.jpg[/readimg] «Espanol» yarim himoyachisi Mark Roka Ispaniya grandlari nazariga tushgan. Don Balon xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi uchun «Barselona» va «Real» klublari kurashadi. Madridliklar uni qishda qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Ammo kataloniyaliklar ham u bilan shartnoma imzolamoqchi. «Espanol» Roka transferi uchun 40 mln yevro so‘rayapti va o‘z tarbiyalanuvchisini bu qiymatdan arzoniga sotmoqchi emas. Primeraning bu mavsumida futbolchi 18ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.