[readimg]https://stadion.uz/images/news/shoma-uzb-with-ball.jpg[/readimg] "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Evropa jamoalari qiziqish bildirishda davom etishmoqda. O'zbekistonlik futbolchining agenti Qahhor Mo'minovning so'zlariga qaraganda, Germaniya Bundesligasi klublarining biridan og'zaki taklif tushgan: "Shomurodovni 15 million evroga sotasizmi?". Ushbu taklif qaysi klubdan tushgani va bu taklifga "Rostov" rahbariyati qanday munosabat bildirgani hozircha aniq emas. Shuningdek, agentga ko'ra, 2019 yilning yozida «Shtutgart» Eldor uchun 10 million evro taklif qilgan. TsSKAning taklifi ham shunga yaqin bo'lgan.