Barcelona
Payshanba kuni "Barselona" "Espanyol" bilan o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi.
[readimg]https://www.fcbarcelona.com/photo-resources/2020/01/02/7154268c-d8a0-46b9-b096-6d876951a632/mini_2020-01-02-ENTRENO-25.JPG?width=1200&height=750[/readimg]
Rojdestvo ta'tilidan keyin yarim himoyachi Arturo Vidal, shuningdek hujumchilar Lionel Messi va Luis Suares mashg'ulotlarga qaytishdi.
Janubiy amerikaliklar yevropalik jamoadoshlariga qaraganda bir oz ko'proq ta'tilga ega bo'lishdi.
Jamoaning aksariyati 29 dekabr kuni Rojdestvodan keyin birinchi mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Mashg'ulotda shuningdek, Inyaki Penya, Aleks Kolyado, Karles Peres va Ansu Fati yoshlar jamoalari futbolchilari ishtirok etishdi.
La Liga doirasidagi "Barselona" va "Espanyol" jamoalari o'rtasidagi bahs 4 yanvar soat TSHV bilan 01:00da start olishi rejalashtirilgan.
UB
Fikrlar 0