[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-537506_original.jpg[/readimg] "Torino" "Barselona" himoyachisi Mussa Vage bilan shartnoma imzolamoqchi. Vage " Barselona"ga 2018 yilda Belgiyaning "Eypen" jamoasidan o'tgan edi. 21 yoshli futbolchi dastlab "ko'k-anorranglilar"ning ikkinchi jamoasida o'ynadi, 2019 yilda esa " Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qildi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Vagening transfer narxi 7,5 million evroga teng. " Barselona" esa o'z vaqtida ushbu futbolchi uchun 5 million to'lagan.