"Leyptsig" himoyachisi Lukas Klostermann faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Sky Sportsnashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi "Barselona"dan ketishi mumkin bo'lgan Nelson Semedo o'rniga 23 yoshli Klostermanni olib kelmoqchi. Manbaga ko'ra, Germaniyalik qanot ximoyachisining taxminiy transfer summasi 35 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Ushbu mavsumda Klostermann "Leyptsig" safida 23 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.