[b]"Barselona" hujumchisi Luis Suares La Liganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Forvard dekabr oyida o'tkazilgan La Liga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assistga erishdi. Faqatgina " Real"ga qarshi o'yinda gol ham, assist ham qayd eta olmadi. Eslatib o'tamiz, " Barselona" o'zining La Liga doirasidagi keyingi uchrashuvini 20 yanvar kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi.[/b]