[readimg]https://static.sports.uz/crop/ff90281cefa0243863ab36d7002a0275.jpg[/readimg] O‘yin sanasi hamon so‘roq ostida qolmoqda. La Liga hamon “Barselona” – “Real” o‘rtasidagi bahs masalasini muhokama qilishda davom etmoqda. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra La Liga rahbariyati ushbu o‘yinga tijoriy ko‘z bilan qaramoqda va “el-klasiko”ni 26 oktyabrdan 7 dekabrga ko‘chirishni taklif qilmoqda. Biroq, Ispaniya futbol federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish qo‘mitasi 18 dekabrga, ya’ni chorshanba kuni o‘tkazilishini xohlamoqda. Eslatib o‘tamiz, dastlab La Liga “el-klasiko”ni Madridga ko‘chirishni taklif qilgan edi. Biroq, jamoalar bunga rozilik bildirishmadi.