[readimg]https://championat.asia/upload/storage/538132_original.jpg[/readimg] Turinning "Yuventus" klubi Xuan Miranda bilan shartnoma imzolamoqchi. Qayd etish kerakki, 19 yoshli himoyachi " Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hozir esa Germaniyaning "SHalke" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Miranda nemis klubida ijara asosida o'ynamoqda. "Yuventus" " Barselona"ning yosh futbolchisi uchun 15 million evro to'lashga tayyor. Takidlash kerakki, Mirandaning "SHalke" bilan tuzgan ijara shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan. Himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionatida 3ta o'yinda maydonga tushib, 257 daqiqa harakat qildi.