"Atletiko" himoyachisi Kiran Trippier Ispaniya Superkubogining yarim finalida "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. - Oldimizda katta vazifa turibdi. Istalgan natijaga erishishga harakat qilish uchun murabbiyning rejasini tinglashimiz kerak. - Biz "Barselona" - dahshatli jamoa, dunyodagi eng yaxshilaridan biri ekanligini bilamiz. Ammo biz o'zimiz haqimizda o'ylashimiz kerak. - Yaqinda biz ajoyib natijalarga erishdik, shuning uchun o'z kuchimizga ishongan xolda xarakatlanishimiz kerak- deydi Trippier.