"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta PSJ forvardi Neymarning “Barselona”ga qaytishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlarga munosabat bildirdi. “Neymar – eng yaxshi hujumchilardan biri, nafaqat hozirgi kunda. Uning qaytishi “ Barselona” uchun ajoyib transfer bo'lardi. Boshqa tomondan, avval, u jamoaga kerakmi yo yo'q shuni bilib olish kerak. Mening nazlimda Neymar eng zo'rlari qatorida va uning kataloniyaliklar safiga o'tishi esa yaxshigina kelishuv hisoblanadi”,– 35 yoshli xavbek. Avvalroq, “ko'k-anorranglilar” hujumchisi Antuan Grizmann ham Neymarning “Barsa”ga kelishiga qarshi emasligini bildirgan edi.