[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/sm/oWNWn3Bs9NijT0XlZaFU8dHrfb9vsk.jpg[/readimg] «Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya Superkubogi yarimfinalidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Bahsda ustunlik qildik. Go‘yoki hammasi bizning qo‘limizda edi, ammo «Atletiko» o‘yinni tubdan o‘zgartirdi. Raqib hisobni tenglashtirganda, biz ularni qanday to‘xtatishni bilmadik. Iste’fo? Murabbiy o‘zining g‘oyalari bilan harakat qiladi va har bir o‘yinda borini beradi. Murabbiyning pozitsiyasi beqaror va yutqazganingizda doim iste’fo haqida gapirishadi», – deb Valverdening so‘zlarini keltiradi Ispaniya futbol federatsiyasi matbuot xizmati. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogi finalida 12 yanvar kuni «Atletiko» va «Real» klublari bahs olib borishadi.