
«Barselona» hujumchisi Luis Suares tizzasidan operatsiya qilindi. Uning tiklanishi uchun 4 oy vaqt kerak bo'ladi.Urugvaylik futbolchi faqatgina may oyiga kelib maydonga qaytishi mumkin. Shu bois, u Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichini o'tkazib yuboradi.32 yoshli futbolchi ushbu mavsumda La liga doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi. Suaresning "Barsa" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar 1
Mana Bizga Momo Endi Biz Zudlik Bilan 9 Lik Hujumchi Olishimiz Kerak Bo'lmasa Ishlar Chatoq