
Ispaniya superkubogi finalida "Real" va "Atletiko" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Oradan 3 hafta o'tib muxlislar Madrid derbisiga yana bir marta guvoh bo'lishadi. Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida "Qirollik klubi" o'z maydonida "matraschilar"ni qabul qiladi. Bu o'yin 1 ferval kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. 18 yanvar kuni esa Zidan jamoasini "Sevilya"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Mazkur o'yin "Santyago Bernabeu"da 20:00da start oladi.
Fikrlar 0