
«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde iste'foga chiqarildi. Kataloniyaliklar 55 yoshli mutaxassis bilan shartnomani bekor qilishdi.Valverde 2017 yilning yozidan beri «Barsa»ni boshqarib kelayotgan edi. Bu vaqt mobaynida jamoa uning qo'lostida 4ta sovrinni qo'lga kiritdi. "Ko'k-anorranglilar" ushbu mavsumda «Real» bilan qo'shpeshqadamlik qilayotgan edi.«Barselona» bosh murabbiyi lavozimiga Enrike "Kike" Seten Solar tayinlandi. Tomonlar o'rtasida 2022 yilning yozigacha bo'lgan muddatga shartnoma imzolandi. 61 yoshli mutaxassisning rasmiy tanishtiruv marosimi seshanba kuni o'tkaziladi va shundan so'ng murabbiy jamoada ish boshlaydi.Seten faoliyat davomida «Rasing», «Polideportivo», «Logrones», «Lugo», «Las-Palmas», «Betis» va Ekvatorial Gvineya terma jamoasini boshqargan.
Fikrlar 8
Barsa darajasidagi trenermasdi.
:yahoo: kim buu
Nima bulsa ham valvani ketgani rost bulsin
Kim endi bu ishqilib Valverde 2 bomasimde
Ketgani ros bosin
hali nomi chiqmagan murabbiylarni olib keliwda davom etadi bizning barsamiz olga barsa
Pachtino yahshidi lekin shunisigayam shukur
Hudoga shukur