
"Barselona" klubi bugun yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi. Kutilmaganda, Kike Seten bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma imzolandi. Xo'sh, kim o'zi bu mutaxassis?Futbolchi SetenU faoliyatini plyaj futbolida boshlagan. Uning katta futboldagi birinchi jamoasi "Rasing" bo'lgan. Bu klub safida u 12 yil (1977-1985, 1992-1996) davomida markaziy himoyachi sifatida o'ynagan va "el-maestro" laqabiga ega bo'lgan. Orada esa "Atletiko"ga o'tib, bu klub safida Ispaniya superkubogini qo'lga kiritgan. Ispaniya terma jamoasi tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushgan. Seten "Logrones" va "Levante" klublari ham o'ynagan va futbolchilik faoliyatini 39 yoshda yakunlagan.Murabbiy Seten61 yoshli mutaxassis 20 yillik murabbiylik tajribasiga ega. U o'zini "Barselona"ning afsonaviy murabbiyi Yoxan Kroyffning shogirdi deb hisoblaydi. U o'z jamoalarida doimo uzatmalarga asoslangan futbolni targ'ib kelgan. Shu bois ham "Barsa" uni o'z safiga chorlagan bo'lsa ne ajab.Murabbiylik faoliyatida "Rasing" (2001-2002), "Polideportivo" (2003-2004), Ekvatorial Gvineya (2006-2007), "Logrones" (2007-2008), "Lugo" (2009-2015), "Las-Palmas" (2015-2017), "Betis" (2017-2019) klublarini boshqargan."Betis"ni qabul qilgan birinchi mavsumda La ligada 6-o'rinni egallab, Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan. Jamoa musobaqaning 1/16 final bosqichida Frantsiyaning "Renn" klubiga yutqazib, musobaqani tark etgan. Andalusiyaliklar Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida 10-o'rinni olganidan so'ng murabbiy "Betis"dan ketishga qaror qildi. Vaholanki, klub bilan uning yana bir yillik shartnomasi mavjud edi. Bilasizmi?Kike Seten "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub etgan so'nggi murabbiy bo'lib turibdi. U 2018 yilning noyabr oyida "Betis" bilan kataloniyaliklar maydonida 4:3 hisobida g'alaba qozongan edi. Shuningdek, o'tgan mavsumda u "Atletiko"ni hamda "Real"ni "Bernabeu"da mag'lub etdi (2:0).Seten "Barselona"daSeten jamoa bilan 2022 yilning iyun oyiga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. U dastlabki o'yinni 19 yanvar, yakshanba kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi. Kataloniyaliklar Ispaniya La ligasida peshqadam bo'lib turishibdi. "Ko'k-anorranglilar" Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Napoli" bilan to'qnash kelishadi.Ismi: Enrike "Kike" Seten SolarFuqaroligi: IspaniyaTug'ilgan kuni: 27.09.1958O'yinchilik faoliyati: "Rasing", "Atletiko", "Logrones", "Levante", Ispaniya terma jamoasiMurabbiylik faoliyati: "Rasing", "Polideportivo", Ekvatorial Gvineya terma jamoasi, "Logrones", "Lugo", "Las-Palmas", "Betis", "Barselona"
Fikrlar 9
Sts yaxshi omad kike seten barcelonani eng zur murabbiyi degan nomgaega bo`l
:alo::alo::alo::alo:
Luis Enrike ham Barsani qo'lga olganida Selta murabbiyligida 11-o'rinda yurgandi. Keyin Enrike ,,porladi". Kike seni ham ,,yulduz" qilamiz, xavotir olma! :ha:
Valverde keladigan paytladayam shunaqa maqtovlar bolgan edi. Bilbao ga murabbiylik qilgan paytida Barcani super kubokda 4 0 ga yutgan va hokazoo...
omad koramiz nima qilolar ekansan chempionlar ligasini yutishing kere kike
Omad
Naxuy kerak bunaqa darajasi past trener agar barsaning savyasidagi trener bo'lganda shu yoshgacha bunaqa o‘rtamiyona kulblarda ishlamasdi!
:past:::past::past:
:yig::yig:yig::
Ana endi ozinni korsatadigan patting keldi kike but korsatip qoy tatal fudbolni galabalar va albatta chiroyli oyin sari olga
Bu murabbiy ham kuchli