[readimg]https://championat.asia/upload/storage/539600_original.jpg[/readimg] Mamlakat Superkubogiga ega chiqqan "qaymoqranglilar" musobaqaning qolgan uch klubidan ko'ra ko'proq mablag' olishdi. "Barselona" ishtiroki uchun 6 million evro, Madridning "Atletiko" klubi 4 million va "Valensiya" atigi 1,7 million evro ishladi. Madridning "Real" klubi "Barsa" kabi 6 millionni oldi, ammo g'alaba uchun yana 6 million evro to'lab berildi. "Real"ning har bir o'yinchisi esa 150 ming evrodan ishlab oldi.