[readimg]https://static.sports.uz/crop/8194c9d4a316e1aa90e51a2caafc762f.jpg[/readimg] 53 yoshli "Temir Mayk" jismoniy holatining yaxshiligiga ishonmoqda. Super og‘ir vazn toifasida afsonaga aylangan AQShlik Mayk Tayson boksga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi. “Ringga qaytishim ehtimoldan xoli emas. Chunki hali ham formadaman. Men boksni tomosha qilishni, u haqida o‘ylashni, jangchilarning yangi avlodi bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘raman. Tezlik va kuch hali ham men bilan”, - deya, 53 yoshli Taysonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Sun. Mayk faoliyatini 2005 yil 11 iyunda yakunlagan. Uning hisobida56 ta jang, 50 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.