Jan-Iv Tabla «Monreal Impakt» klubining to'laqonli a'zosiga aylandi. Kanadaning «Monreal Impakt» klubi «Barselona» klubidan 20 yoshli yarim himoyachi Jan-Iv Tablani to'laqonli ravishda sotib oldi. Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma 2+2 ko'rinishida tuzilgan deya xabar bermoqda «Monreal Impakt» matubot xizmati. Tabla so'nggi yilda «Monreal» klubi safida ijara asosida o'ynagandi.