[readimg]https://stadion.uz/images/news/Messi17.jpg[/readimg] Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi to'purarlik uning faoliyatida muhim omil emasligini aytib o'tdi. — Hozir gol kiritish borasida umuman o'ylamayapman. Himoyaga tez-tez yordamga o'tib turadigan bo'ldim. — Biroq, agar gorl kiritishga imkoniyat tug'ilsa, albatta undan unumli foydalanaman, lekin men doim gol kiritish bilan ovora bo'lmayman, — dedi Messi. Joriy mavsumda 32 yoshli Messi 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.