2019 yil fevralda Superkubok bahslariga o'zgartirish kiritilgan edi. Unga ko'ra, Superkubokda 4ta jamoa qatnashadi. Ikkita yarim final va final (3-o'rin uchun o'yin yo'q) o'yini bo'lib o'tadi. Barcha bahslar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. O'yinlar 2020 yil 8-12 yanvar kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar: "Valensiya" - Ispaniya Kubogi g'olibi "Barselona"- Ispaniya Kubogi finalchisi va Ispaniya chempionati g'olibi "Atletiko" - Ispaniya chempionati 2-o'rin sohibi "Real" - Ispaniya chempionati 3-o'rin sohibi Manba:CA