[readimg]https://stadion.uz/images/news/seten.jpg[/readimg] Kataloniyaning «Barselona» klubi yangi bosh murabbiyi Kike Seten jamoa xodimlariga va futbolchilariga kechki ovqat tashkil qildi. Murabbiylar shtabi Barselona shahridagi mashhur restoranlarning birida kechki ovqatni birga o'tkazish uchun juma kungi kechki mashg'ulotlarni bekor qildi deya xabar bermoqda TV3. Seten ushbu yo'l orqali futbolchilar bilan iliq aloqa o'rnatishga ishonmoqda. «Barselona» klubi o'tgan yilning sentyabr oyidan beri birga kechki ovqat atrofida yig'ilmagan.