[readimg]https://stadion.uz/images/news/rakitic2.jpg[/readimg] Kataloniyaning “Barselona” klubi o'z yarim himoyachisi Ivan Rakitichni “Yuventus” klubiga berib, uning o'rniga turinliklardan Federiko Bernardeskini olmoqchi deya xabar bermoqda Calciomercato portali. Italiya yarim himoyachi Turinda etarlicha o'yin amaliyotiga kam ega bo'layotganligidan norozi va shu sababli boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga rozi. Bundan tashqari, “Yuventus” klubi Rakitichga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, xorvatiyalik yarim himoyachiga yangi bosh murabbiy Kike Seten qanchalik ishonayotganini bilish uchun vaqt kerak bo'ladi. Avvalroq Ivan Rakitich “Sevilya” libosini yana kiyib o'ynashni xohlayotganini ta'kidlab o'tgandi.