[b]“Barselona”ning yangi ustozi Kike Seten jamoasi forvardi Lionel Messi haqida fikrlarini bildirib o'tdi. “Men Messihaqida aytilgan hamma fikrlarga qo'shilaman. Unda ajoyib ko'rsatkich bor, futboltarixida hech bir futbolchi u qilgan ishni qila olmagan. U har bir bahsni favqulodda bir faollik bilan o'tkazadi. Betakror futbolchi. U kabi futbolchi yana tug'ilishiga ishonish qiyin. Lionel biz murabbiylarni ham eng yaxshi murabbiyga aylantira oladi. Endi vaziyatga boshqacharoq qarayapman. CHunki u mening jamoamda to'p tepadi va sen undan maksimum foydalanishga urinasan. Unga ortiqcha gap gapirishni hojati yo'q, chunki raqobatbardosh futbolchi ekanligi ko'rinib turibdi”, deydi Seten.[/b]