[readimg]https://i90.trbna.com/images/uploaded/files/barca/i13r9gfjdsa.jpg[/readimg] "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Kike Seten nega oldinroq "Betis" bosh murabbiyi vaqtida, Kataloniya klubi yarim himoyachisi Serxio Busketsdan futbolkasini so'raganini aytdi. - Uyda futbolkalar to'plamim bor. Ular meni xursand qiladigan maxsus futbolchilarga tegishli. - Bular nafaqat ajoyib o'yinchilar, balki men ishlaganlar, halol va mehnatkashlar. - Buskets ulardan biri.U meni o'z xatti xarakatlari bilan doim hayratda qoldirgan. - U maydonda muhim mavqega ega, ayniqsa "Barselona" o'yin uslubini hisobga olgan holda . U o'yin haqida noyob tushunchaga ega. - Maydonni va bo'layotgan voqea hodisani o'zgalardan boshqacha ko'z bilan ko'radi va eng to'g'ri vaqtda eng to'g'ri qarorlarni qabul qila oladi.Shuning uchun undan futbolkasini so'ragan edim -dedi Seten.